Kim fandan qarzdor?
Joriy yilning 7-may kuni Universitetimizning V-bino 8-zalda “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakulteti 1-2-bosqich talabalari bilan fakultet dekani A.Isakov, dekan õrinbosarlari A.Mutalov hamda A.Botirov birgalikda yig'ilish o'tkazdilar.
Yig'ilishdan maqsad: 1- 2-semestrda "fandan qarzdorligi" bor talabalarga yana bir bor Vazirlar mahkamasining 2020-yil 31-dekabrda 824-sonli qarorini kredit-modul tizimi bo’yicha qo’shimcha tarzda tushuntirish ishlari olib borildi. Fakultet dekani A.Isakov talabarga GPA bahosi haqida ma’lumot berdilar.Talabalar GPA bahosi 3 dan past bo’lsa u talaba kursdan kursga qolishini ta'kidlab o’tdilar hamda yana bir bor GPA bahosini hisoblash formulasi talabalar uchun yozib ko’rsatildi.
Talabalar o’zlariga qiziq bo’lgan savollarini fakultet dekaniga berdilar va o’zlari uchun kerak bo’lgan barcha savollariga javoblarni oldilar.
Bugungi yig'ilish anchagina keskin, munozarali o’tdi, lekin talabalar uchun anchagina foydali bo’ldi.
QSXET fakulteti 1-bosqich talabasi T.Ergashov axboroti
Universitet matbuot xizmati