Keymyung Kollej Universiteti bilan xalqaro hamkorlikni mustaxkamlash yo’lida
Joriy yilning 17 augustida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universitetiga Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universitetidan bir gurux vakillar tashrif buyurishdi.
Rasmiy yig’ilish universitetimizdagi SXTEB fakulteti tasarrufidagi “Turon Bank” konferensiya zalida bo’lib o’tdi. Ushbu uchrashuvni universitetimiz rektori prof. Mirzayev Bahodir Suyunovich ochib berdilar va hamkorlarimiz bilan tanishtirib o’tdilar. Uchrashuvda Keymyung Kollej Universitetining O’quv ishlari bo’yicha musasasa dekani, Mexanik muhandislik kafedrasi mudiri prof.,Ph.D. Sang Seog Lee , “Universitet va ishlab chiqarish bilan hamkorlik jamoasi” vakili Seon Jae Kim, Sun Moon Universiteti professori Avazxon Amanov va universitetimizdan “Innovatsiya va ilmiy ishlar” bo’yicha prorektor prof. Tohir Sultonov, “O’quv ishlari” bo’yicha prorektor prof. Baxtiyor Xudayarov, “Umumtexnik fanlar” kafedrasi mudiri t.f.n, dotsent Xasan Turkmenov, “ Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi mudiri, PhD, dotsent Rustam Baratov, “Ingliz tili” kafedrasi dotsent v.b. Go’zal Eshchanova va “Yerdan foydalanish” kafedrasi tayanch doktoranti, Erasmus+ DSinGIS loyihasi Milliy koordinatori Ilhom Abdurahmanov qatnashdilar.
Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad hamkorlikdagi rejalashtirilgan halqaro loyixalarni joriy qilish orqali ta’limda samaradorlikni yanada oshirish bo’yicha ikki tomonlama munosabatlarni kuchaytirishga qaratildi. Xususan, universitetimiz va Keymyung Kollej Universiteti tomonidan Koreya Oliy Ta’limVazirligiga xamkorlikda topshirilgan “ Education competency enhancement project Mechatronics Technicum at “TIIAME” NationalResearch University ” xalqaro loyixasining birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli baxolanib, ikkinchi bosqichga o’tganligi tog’risidagi eng ohirgi ma’lumotlar bo’yicha prof., Ph.D. Sang Seog Leening taqdimoti tinglandi. Asosiy maqsad universitetimiz qoshida yaqin kelajakda barpo etilishi kutilgan xalqaro “Mexatronika” texnikumini tashkil qilish orqali Keymyung Kollej Universitetining ilg’or tajribalarini qo’llash orqali mamlakatimizda dolzarb xisoblangan mexatronika va robotexnika yonalishlari bo’yicha mutaxasis-kadrlarni yetishtirish, ularga qo’shma diplom taqdim etish orqali xorijiy ko’nikmalarni rivojlantirishdan iboratdir.
Shuningdek,universitetimizda “Digital Educational Innovation Service Centre” barpo etilishi nazarda tutilgan markazning extiyojlari o’rganilib, markaz raqamlashtirilgan ta’lim va innovatsiya bo’yicha turli xizmatlarni yo’lga qo’yishi, yani, IT ko’nikmalarni takomillashtirish, Start up va tadbirkorlik go’yalarini rivojlantirish, Gender tenglik masalalari,ayyollarni ish bilan ta’minlash, malaka oshirish kurslarini tashkil etish orqali ijtimoyi qatlamni qo’llab quvvatlashga qaratilgan. Bu kabi hamkorliklarni yaxshilash orqali universiteimiz nufuzi yanada yuksalishiga ishonch bildiramiz.
“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti Matbuot Xizmati