TIQXMMI yangiliklari

img
15.09.2022

Kengash raisasi bilan muloqot

Bugungi kunda diyorimizda xotin-qizlarga katta eʼtibor qaratilmoqda. Jamiyatimizning turli sohalarida ularning faol ishtirok etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Mamlakatimizda ayolga bo‘lgan munosabat o‘z tarixiy ildizlariga ega, ajdodlarimiz doimo ayollarni qadrlashga, ularga nisbatan hurmat va izzatda bo‘lishga daʼvat etishgan. Xususan  universitetimizda ham xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib yashash  va taʼlim olish sharoitlarini yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Kuni kecha "Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash" va "Gidromelioratsiya" fakultetlari talaba qizlari universitet Xotin - qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi Ismoilova Zuxra Karabayevna bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  Tadbirda GIM va GM fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash aʼzolari B.Mamadaminova. Z.Beknazarova. universitet psixolog M. Muxammedova va fakultet tyutorlari ishtirok etdilar. Tadbirda  kengash raisi Zuxra Karabayevna so‘zga chiqib, universitetimizda taʼlim va tarbiya uyg‘unligini taʼminlash, talaba qizlar  bilan ishlash, ularni hayotga tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil qilinganligi bo‘yicha o‘zining tavsiyalarini berdi.

Avvalambor, universitetimizda talaba qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar ularning ijodiy  salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati bilan tanishtirdilar. Shuningdek, so‘zga chiqqan Baxtigul Mamadaminova ham “Qizlarjon” klubi orqali qizlarni axloqiy va estetik madaniyatini, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, to‘garaklarga keng jalb etish,  iqtidorli, faol va tashabbuskor qizlarni hamda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarini ham tayyorlash kerakligi haqida to‘xtaldi. Psixolog M.Muxammedova o‘qish samaradorligini oshirishga qaratilgan bir necha psixologik treninglarni o‘rtoqlashdi hamda kerakli maslahatlarini berdi. Treningda inson o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttirish, stress va salbiy emotsiyalarni bartaraf etish usul va vositalari o‘rgatildi. Tadbir davomida talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Universitet matbuot xizmati