TIQXMMI yangiliklari

img
19.02.2022

Kelajak liderlariga ehtiyoj

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Istiqbolli kadrlar seleksiyasi boshqarmasi rahbari Akmal Rahmonov va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor B.Xudayarov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor T.Sultanov, Marketing va talablar amaliyoti boʻlimi boshligʻi X.Xayitov va matbuot kotibi R. Jumaniyozov birgalikda uchrashuv oʻtkazildi. Unda bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining asosiy vazifalaridan biri yuqori kasb mahorati va zamonaviy taffakurga ega iqtidorli yoshlarni tanlash, puxta oʻylangan, har tomonlama toʻgʻri qaror qila oladigan belgilangan maqsadlarga erishadigan yosh kadrlar zahiralarini shakllantirishdan iborat.

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali vacancy.argos.uz elektron platformasi, ularning bilimini sinovdan oʻtkazish uchun  ilm.argos.uz elektron portallaridan foydalanishni bitiruvchilarga mahorat darsi koʻrinishida oʻtkazib berishga qaror qilishdi. Davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish maqsadida eng munosib kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga jalb etish maqsadida, ish beruvchilar bilan oʻzaro munosabatlarda bitiruvchilarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish shuningdek, mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish kelishib olindi.

 

                              Universitet  matbuot xizmati