05.03.2022
Kasbning yomoni bo'lmaydi
Joriy yilning 3- mart kuni GIM fakulteti 101-guruh talaba yoshlari va GIM fakulteti tyutori I.Ahmedovalar bilan universitet psixologi M.K. Muxamedova “Kasbim – mening faxrim” mavzusida tadbir o'tkazdi. Tadbir “Do'stimni tanishtiraman” trening mashg'uloti bilan boshlandi. Tadbir davomida talabalarning o'qishga nisbatan qiziqishlarini aniqlashtirishga mo'ljallangan “Kelajakdan maktub”, “Men qanday insonman”, “Men o'z nazdimda”, “Men o'zgalar nazdida” kabi trening mashg'ulotlari bilan davom ettirildi. Uchrashuv so'ngida “Xatoning qiymati” deb nomlangan rivoyat aytildi va muhokama qilindi. Tadbirda barcha talaba yoshlar faol qatnashishdi va shu kabi uchrashuvlar ko'proq uyushtirilishi haqida takliflar berishdi.
TIQXMMI MTU matbuot xizmati