TIQXMMI yangiliklari

img
03.10.2022

Kaloming – kamolingni belgilaydi

Joriy yilning 30 sentabr kuni 4-TTJ GM fakulteti  1-2-3 -kurs talaba qizlari bilan   universitet psixologi  M.K.Muhammedova va GM fakulteti tyutori D.Axrarovalar hamkorlikda «Mulk sohibi bo'lishdan ko'ra, ko'ngil sohibi bo'lish san'ati» mavzusida tadbir tashkil etdilar. Tadbir TTJdagi qizlarning yotoqxona muhitiga moslashishlariga, umuminsoniy qonun qoidalarga amal qilish, odob-axloq, kiyinish madaniyatiga ahamiyatli bo'lishga, so'zlashish san'atini o'zlashtirishga, atrofdagi ijtimoiy muhit psixologik sferasini pozitiv tomonga o'zgartirish uchun ko'nikma hosil qilishlariga ko'maklashish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda odob-axloq, kiyinish madaniyati va so'z san'atinig naqadar kuchga ega ekani va ahamiyati to'g'risida sharq mutafakkirlari va Yevropa olimlari fikrlaridan misollar keltirilib yig'ilish ishtirokchilariga o'gitlar berildi. Talabaning oliy dargohga qadam qo'yishidan maqsad – o'qish ekani va ilm olishga hozirdanoq  jiddiy yondashish, ko'proq har xil kitoblar o'qish inson tafakkurini, idrokini boyitish bilan birgalikda fikrlash, so'zlash, muloqothcanlik qobiliyatlarini o'stirishi haqida so'z yuritildi va tavsiyalar berildi. Tadbir so'ngida qizlar bilan savol javoblar uyushtirildi va barcha yig'ilish qatnashchilari o'zlari uchun bir olam kashf etishdi..

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati