Kafedralar xamkorligi
Nazariy va qurilish mexanikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari xizmat safari davomida 2022 yil 28 aprel kuni Sankt-Peterburg politexnika universitetining “Qurilish mexanikasi va qurilish konstruksiyasi” kafedrasi mudiri t.f.d., professor Lalin Vladimir Vladimirovich va kafedra t.f.n., dotsenti Ribakov Vladimir Aleksandrovich bilan kafedrada olib borilayotgan o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha suhbatlashishdi.
Kafedrada “Qurilish mexanikasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Xamkorlikda kafedra professor-o‘qituvchilar bilan darslik, o‘quv qullanma va ilmiy maqolalar chop etish bo‘yicha kelishib olindi. Kafedra professor-o‘qituvchilari V.V.Lalin va V.A.Ribakov muallifligida chop etilgan darslik va o‘quv qullanmalar taqdim etildi.