TIQXMMI yangiliklari

img
14.05.2022

Kafedra-maktab hamkorligi yo‘lida

13-may sanasida ''Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti'' Milliy tadqiqot Universiteti "Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish" kafedrasi o'qituvchilari Toshkent viloyati Nurafshon shahar 25-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyurishdi va o'quvchilar bilan o'zaro suhbat olib borishdi.

Suhbat davomida Universitetimizda beriladigan ta'lim va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida taqdimotlar yordamida to'liq ma'lumotlar berildi. Universitetimiz tarixi va hozirgi kundagi faoliyatini o'zida mujassam etgan videoroliklar qo'yib berildi. Ma'lumotlar va videoroliklarni texnika fanlari doktori, dotsent Amanov Bahodir To'xtasinovich hamda assistent Rahmonov Dilshod Ikromjonovich birgalikda taqdim etishdi.

PhD va Falsafa fanlari doktori, dotsent Gadoyev Nodirjon Nosirovich o'z malaka va ko'nikmalari, qilgan harakatlari to'g'risida batafsil gapirib berdi. O'quvchilar o'zlari uchun kerakli motivatsiyalarni olishdi.

Universitetimiz magistranti IELTS 7 daraja sohibi Usmonov Mirqodir Risqul o'g'li xorijiy tillarni hozirgi kundagi ahamiyati to'g'risida tayyorlagan taqdimotini o'quvchilar e'tiboriga havola etdi.

So'ngra o'quvchi-yoshlarning bilimlarini sinash va kayfiyatlarini yanada ko'tarish maqsadida Amanov Bahodir To'xtasinovich tomonidan ''Zakovat'' intellektual o'yini tashkil etildi. O'yin musobaqa tarzida olib borildi. G'olib jamoalar va ularning a'zolariga diplom, esdalik sovg'alari taqdim etildi. O'quvchilar juda xursand bo'lishdi.

Uchrashuv so'ngida 25-maktab ma'muriyati bilan kelajakda olib boriladigan hamkorlik ishlari to'g'risida kelishib olindi. Kelishuv natijasiga ko'ra keyingi uchrashuvlar Universitetimizda bo'lishi belgilandi.

                        "Gidromelioratsiya" fakulteti 1-bosqich talabasi S. Mamatqulova axboroti

            Universitet matbuot xizmati