22.02.2024
Kafedra kuni
2024-yil 21-fevral kuni “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar eksplutatsiyasi” kafedrasida “Kafedra kuni” o‘tkazildi. Yig‘ilishda kafedra tayanch doktoranti N.Aytbayev o‘zining “Elektrogidravlik effekt bilan suvni zararsizlantirish usulini va parametrlarini asoslash” mavzusidagi ilmiy ishida shu kungacha bajarilgan ishlari bo‘yicha hisobot berdi.
Yig‘ilishda tadqiqotchiga mavzusini ilmiy jihatdan takomillashtirish va himoyaga hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha kafedraning professor o‘qituvchilari kerakli ko‘rsatmalar berishdi.