TIQXMMI yangiliklari

img
29.04.2023

John Deere kompaniyasi bilan xamkorlik sifati oshirilmoqda

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori, professor Bahodir Mirzayev 2023-yilning 28-aprel kuni AQShning John Deere kompaniyasi MDX davlatlari bo‘yicha vitse prezidenti Piter Zakse va uning o‘rinbosari Aleksey Lyubetskiy, John Deere kompaniyasining O’zbekistondagi vakolatxonasi LANDTECH kompaniyasi direktori Sardor Sodikovlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda universitet bilan kompaniya bilan o‘rnatilgan xamkorlik memorandumi asosida, John Deere kompaniyasi texnikalarining O’zbekistondagi foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha Deere & Company + “TIQXMMI” MTU hamkorlik loyihasini amalga oshirish, Universitetimizda qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash bo‘yicha muhandis-kadrlar tayyorlashda xorijdan talabalarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytirish hamda halqaro mehnat bozoriga va jahon standartlariga javob beradigan kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yishda amaliy  hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, suv xo‘jaligi va iqtisodiyot masalalari bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tuzish va amalga oshirishga kelishib olindi.