TIQXMMI yangiliklari

img
03.05.2024

Jinoyatchilikning oldini olish

Joriy yilning 1-may kuni “Yer resurslari va kadastr” fakulteti talaba-yoshlari joylashgan 5 talabalar turar joyida “Talaba-yoshlar oʼrtasida odob-axloq qoidalari va jinoyatchilikning oldini olish toʼgʼrisida” tadbir oʼtkazildi. Ushbu tadbirda Talabalar orasida ijtimoiy muhit barqarorligini taʼminlashga mas'ul rektor maslahatchisi Аbdusamatov Аnvar Аbdurashidovich, Unversitet huquq targʼibot maskani profilaktika katta inspektori Ubaydullaev Аbzal Riqsiboevich, fakultet dekani A.Inamov, Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova, dekan muovinlari S.Abdurahmonov, S.Hikmatillayev, V.Axmadaliyev, U.Muxtorov, fakultet tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.   

    

Bugungi kunga kelib xalqaro terrorizm, narkotraffik va odam savdosi singari transmilliy jinoyatlar, Kiber jinoyatlarning inson xavfsizligiga xuruj qilayotgani bois, ulardan jabr chekayotganlar, afsuski, koʼpchilikni tashkil yetayotganligi, hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatlarning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tugʼdirayotganligini aytib oʼtildi.

Shuningdek, bugungi kunda aksariyat yoshlarimiz spirtli ichimliklarga ruju' qo‘yayotganligi va buning natijasida turli jinoyatlar sodir etayotganli toʼgʼrisida ham talaba-yoshlar tushunchalar berib oʼtishdi. Shuningdek, fakultet dekani talabalarga qarata odob-axloq, talabalar turar joydagi tartib intizomga rioya qilishi toʼgʼrisida maʼlumotlar berib oʼtdi. Shundan soʼng yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova TTJ dagi har bir xona xonalarda yaratilgan sharoit oqilona foydalangan holda xona tozalik, turar joyning ichki odob - axloq qoidalariga rioya qilishlari hamda soat 22:00dan keyin talabalar turar joyidan chiqmasliklari to`g`risida talabalarni ogohlantirib o`tdi. TTJ da tashkil etilgan talabalar kengashi faollari doimiy ravishda talabalar turar joyida tartib intizomni saqlashda kamarbasta ekanligi, sanitar-gigienik holatini saqlash boʼyicha talabalarga tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu talabalar oʼzlariga biriktirilgan xonalari uchun barcha sharoitlar qilgan, xonalar gigienik jihatdan toza va ozoda salashlari to`g`risida ham har bir kurs dekan muovinlari tushunchalar berib o`tishdi. Mazkur tadbirdan talabalarimiz uchun fakultetga qarashli yotoqxonada barcha sharoitlar mavjudligi, shuningdek maʼnaviyat xonasida dars tayyorlash hamda madaniy hordiq chiqarishlari uchun televizor, kitob, elektron kutubxona va gazeta, jurnallar mavjud. Talaba-yoshlarimizdan faqat tartib, intizom, xona va oshxonalarni ozoda tutishlari talab qilinadi.

YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati