TIQXMMI yangiliklari

img
02.02.2023

Jinoyatchilikka qarshi da’vat ruhi

Jinoyatchilikka qarshi kurash bashariyatning asl maqsadi. Lekin u qandaydir ma’noda dunyoning turli mamlakatlarida sodir bo‘lib turishini ham inkor etish qiyin. Har qanday kichik jinoyat katta jinoyatlar uchun oldin tuynuk keyin eshikdir. buning uchun inson o‘zini nazorat qila olishi zarur. Bu esa vijdon amri, iymon tarozusidir.

Shunday ekan, ana shu illatga qarshi javoban va xitoban harakatlar, ma’rifiy tadbirlar juda muhim. Universitetimizda bugun tashkil etilgan  “Bizda jinoyat bo‘lmaydi” shiori ostida o‘tkazilgan profilaktik tadbir mohiyat e’tibori bilan ahamiyatlidir. Unda universitet prorektori Ruzimurat Choriev va, universitet huquq-tartibot maskani profilaktika katta inspektori  Abzal Ubaydullaevlar ishtirok etib, universitet holati bilan tanishib davra suhbati tashkil etishdi.

Shuningdek, OTM Ichki ishlar bo‘limi inspektorlari, boshqarmasi xodimlari ham qatnashib payshanba profilaktika kuni munosabati bilan o‘z mulohalarini o‘rtoqlashishdi. Tadbir savol-javoblar bilan jinoyatchilikka qarshi da’vat ruhida o‘tdi.

Universitet matbuot xizmati