TIQXMMI yangiliklari

img
23.04.2024

Jinan fan va texnologiya byurosining Fan va texnologiya hamkorlik departamenti direktori Chen Xivu boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzayev Xitoy Xalq Respublikasining Jinan fan va texnologiya byurosining Fan va texnologiya hamkorlik departamenti direktori Chen Xivu boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Xitoyning eng katta provinsiyalaridan bo‘lgan Shongdongda joylashgan ilmiy tadqiqot markazlari hamda oliy ta’lim muassasalari bilan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv so‘ngida anglashiluv memorandumi imzolandi, memorandum o‘zaro hamkorlikda ilmiy tadqiqot laboratoriyalari, ilmiy loyihalarni tashkil etish hamda qo‘shma tadqiqot ishlarini amalga oshirishda hamkorlik qilishni nazarda tutadi.