TIQXMMI yangiliklari

img
22.04.2024

Jamoaning jo’rligi – jamoaning zo’rligi

Bugun ham odatdagidek erta bilan jamoamiz ushtirokida Davlat madhiyasini ijro etish asnosida ish kunini boshladik.

Madhiya ohangi birlik, ahillik, og’izbirlikka chorlayotgandek go’yo. Unda ulug’vor maqsadlar sari da’vatkorlik, faxru iftixor, birdamlik, ona yurtimizga mehr va sadoqat ruhi bor.

Universitetimiz rektori boshchiligida talaba va tyutorlardan tortib dekan va dekan o’rinbosarlari, prorektorlargacha Madhiyani birgalikda jo’r bo’lib kuyladik. Bu esa g’oyat maroqlidir. Ayniqsa, “TIQXMMI” Millliy tadqiqot universitetimizning Muhayyo Muhammedova rahbarligidagi “XOR” jamoasi a’zolarining ovozlari yanada baland jarangladi.

Bu ayni paytda bir tomondan ona zaminimizga, ikkinchi tomondan esa “Butunjahon Yer kuni”ga bag’ishlov bo’ldi desak, aslo xato bo’lmaydi. A’lo kayfiyat bilan, rozi - rizolik va mamnunlik bilan boshlangan ta’lim va mehnat jamoasida ish unumi ham, ish muhiti ham soz bo’lishini yana bir karra his etdik.

Bu esa jamoaviy birlikda, ahillikda hikmat ko’pligini anglatadi. Bu yil Prezidentimiz qarori asosida 300 yilligini nishonlayotganimiz  ikki elning yakdil ulug’ donishmand shoiri Maxtumqulining ushbu hikmatini yodga soladi: “Og’iz olalik ayirar elni birlikdan.”

 Jamoaviy jo’rligimiz jamoaviy zo’rligimizning belgisidir.

“TIQXMMI” Millliy tadqiqot universitet matbuot xizmati