“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’rifiy tadbir
Joriy yilning 2023-yil 18-aprel kuni universitetda tahsil olayotgan talabalar va ularning ota-onalari bilan birgalikda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor R.Choriyev o‘zining kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda o‘z fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Shundan so‘ng so‘z Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Otabek Shukriddinovga berildi. O. Shukriddinov bugungi tadbir mavzusining dolzarbligi xususida o‘z fikrlarini bildirib, yurtimizda dinga bo‘lgan munosabat, din erkinligi, yurtimiz va hukumatimiz tomonidan e’tiqod erkinligiga qaratilayotgan e’tibor va g‘amho‘rlikni yorqin ifodasini hayotiy fikrlar bilan bildirib o‘tdi hamda taklif etilgan ota-onalarga vedioroliklar namoyish etildi.
Tadbir davomida o‘z so‘zida davom etar ekan, O. Shukriddinov bugungi kunda jamiyatda jaholatni oldini olishda eng maqbul vosita yoshlarni kitob mutolaa qilishga o‘rgatish hamda kundalik ehtiyojga aylantirish borasida taklif va mulohazalarni bildirib o‘tdilar.Ota-onalarga shuni ta’kidlab o‘tdi yoshlarning bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan axborot zamonida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanganda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari yot g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi norasmiy saytlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanganda ehtiyotkorlikka va og‘ohlikka chaqirdi.
Shuningdek, ko‘plab norasmiy saytlar faoliyati yoshlarni aldanib qolishlariga sababchi bo‘layotganligi, bir kundan minglab noqonuniy saytlar ochilib, yopilayotganligi, bundan yoshlarimiz ehtiyot bo‘lishlari xususida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir davomida bugungi kunda yoshlar orasida urchiyotgan turli illatlarga bag‘ishlangan vediorolik namoyish etildi. Tadbir so‘ngida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar berib, mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar.