TIQXMMI yangiliklari

img
01.11.2023

Jaholatga qarshi ma'rifat

           Joriy yilning 31 oktabr kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy  tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova, “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutorlari D.Xursandova, X.Saidova  va 5-Talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi Sh.Islamovalar hamkorligida 1-Talabalar turar joyi  “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti talaba yoshlari ishtirokida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish chora tadbirlari bo'yicha ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

        Tadbir talaba yoshlarni Vatanparvarlik va milliy ruhda tarbiyalash va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish maqsadida “Jinoyatchilik va huquqbuzarlikni erta oldini olish har birimizning asosiy burchimiz”  shiori ostida tashkil etildi. Jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning  jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelingan. Inson tinch va xotirjam yashashni xohlaydi.

 

         Tinchlik bo'lgan joyda baraka va rivojlanish bo'ladi. Tadbir davomida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga doir fikr va mulohazalar yuritildi. Yig'ilish bahs va munozaralar orqali qiziqarli tarzda tashkil etildi. Barcha talaba yoshlar hayotlarida zarur bo'ladigan qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lishgan holda tadbir yakuniga yetdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati