Izlanuvchan olimlarning yozgi maktabi
Joriy yilning 10-iyul sanasida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda yosh olimlari Toshkent viloyatida qurilayotgan “Pskom GES” ga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida soha mutaxassislari bilan birgalikda yangi qurilayotgan suv ombori va suv tashlash inshootlarining ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.
Qurilish ishlari olib borilayotgan Pskom GESining yillik quvvati 400 MVt ga teng bo‘lib, u dengiz sathidan 1045 m balandlikda barpo etilmoqda. Suv omborining umumiy maydoni 900 gektar bo‘lib, 500 mln m3 sig‘imga ega. Uning quyi qismi eni 1350 m, balandligi 195 m, eng yuqori qismining eni 10 m. Pskom GESi 4 ta katta agregatga mo‘ljallangan bo‘lib, har birining quvvati 100 MVt ga teng. Pskom GESi 2026-yilda to’liq foydalanishga topshirilish rejalashtirilgan.
Tashrif davomida Pskom gidrouzelining ekspluatatsion suv tashlagich tunnel uchastkasidagi gidravlik tadqiqotlar, qurilish jarayonidagi yuzaga kelayotgan muammolar va ularga berilayotgan yechimlar bo’yicha mutaxassislar bilan suhbatlshildi. Shu bilan birga kelgusida ko`zda tutilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirilishida o‘zaro hamkorliklarni o‘rnatish bo`yicha ilk qadam tashlandi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bu tashrif kafedraning yosh olimlari uchun ilmiy tadqiqotlarini amalga oshirishda katta maktab sifatida xizmat qiladi.
Universitet matbuot xizmati