Izlangandan iz qolar
“TIQXMMI” MTU psixologi va xor guruhi rahbari M.K. Muhammedova boshchiligida Xor jamoasi a'zolari o'z repertuarini boyitish maqsadida tinmay sa'y-harakat qilishmoqda. Referendum munosbati bilan universitetda o'tkaziladigan tadbir uchun “Inson qadri”, “Qomusimiz” kabi qo'shiqlar ijrosi ustida ish olib borilyapti. Bundan tashqari jamoa ijrosiga mo'ljallangan avtorlik qo'shiqlari ham tayyorlanmoqda.
Xor jamoasi uchun “Oliygoh madhi” gimnini yozgan kompozitor S.Saydazov yosh ijrochilarga sahna madaniyati, kuylanadigan qo'shiqning mazmun mohiyatini anglagan xolda muxlislarga yetkazish sir-asrorlaridan bahramand etish niyatida oliygohga tashrif buyurdi va jamoa a'zolari bilan birgalikda "Izi borni izlashar" mazusida tadbir tashkil etdi. Tadbirda vokal san'atidan saboqlar, ijrochining sahnada o'zini tutish qonun qoidalari, kuylashning inson ruhiyatiga, odob-axloqiga ta'siri haqida ma'lumotlar berib o'tildi. Barcha ishtirokchilar tadbirdan o'zlari uchun kerakli xulosalar olishgan holda yig'ilish o'z nihoyasiga yetdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati