TIQXMMI yangiliklari

img
14.06.2022

Izlangandan iz qolar

Joriy yilning 13 iyun kuni  universitet psixologi M.K. Muxamedova tashabbusi bilan “Izlangandan iz qolar, izi borni izlashar” mavzusida o'qituvchi va xodimlarga mahorat darsi o'tkazildi. Tadbirda YeRB, GM fakulteti tyutorlari, devonxona va arxiv mudiri N.Azizova,  QXM fakulteti katta o'qituvchisi K. Usmonov va GM fakulteti 107-gruh talaba qizlari ishtirok etishdi. 

Mahorat darsi – skrapbuking – gofri qog'ozdan guldasta yasash san'ati orqali ijodiy faoliyatni yuksaltirish, ziqlik, zo'riqishlardan xalos bo'lish, stressga chidamlilik, yangi sharoitlarga tezroq moslashish, muammolarni hal qilishning yangi usullarini topish, chegaradan tashqarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, kayfiyatni ko'tarish va estetik madaniyatni oshirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda gul yasash san'ati bo'yicha GM fakulteti 107-gruh talabasi S.Mamatqulova va YeRB fakulteti tyutori M. Vafoyevalar yetakchilik qilishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar kayfiyati klassik musiqa sadolari orqali ko'tarildi va kofe breyk tashkil etildi.

Barcha tadbir ishtirokchilari tadbirdan maqtovga arzirli darajada taassurotlarga ega bo'lishganini, estetik zavq olishganini, dillari yashnab, kayfiyatlari ko'tarilganini va bunday gullar orqali interyerlarni, sovg'alarni, to'y sarupolarini bezatish mumkinligini ta'kidlab o'tishdi.

Skrapbuking – gofri qog'ozdan guldasta yasash san'atini tadbir ishtirokchilariga namoyish etgan talaba qizimiz 107-guruh talabasi S.Mamatqulovaga kelgusi ijodiy ishlariga barkamollik va bardavomlik tilagan holda “Abdulla Oripov dahosi” va II tomlik “For business men” kitoblari sovg'a qilindi.

Barcha tadbir ishtirokchilari bir olam zavq olishgan holda tadbir nihoyasiga yetdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati