TIQXMMI yangiliklari

img
13.12.2023

“Ixtirochi ayollar-2023” Forumi

O’zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi va O’zbekiston ixtirochi ayollari markazi tomonidan tashkil etilgan mazkur tanlov mamlakatimizda fan-ta’lim va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning innovatsion g’oyalari, loyiha va ishlanmalarini hayotga joriy etishda yaqindan ko’maklashish va qo’llab-quvvatlashdek maqsadlarni ko’zlaydi.


Ma’lumki, joriy yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Vazirlar Mahkamasi bilan qo‘shma majlisi 6-sonli bayoni 1-ilovasidagi, O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni q‘ollab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatini 2023-yilda amalga oshirishga qaratilgan q‘oshimcha chora-tadbirlar dasturining 42-bandida “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” haftaligini o‘tkazish vazifasi belgilangan. Ushbu band ijrosi yuzasidan, olima, doktorant va tadqiqotchi xotin-qizlar ishtirokida joriy yil 11–15-dekabr kunlari Toshkent davlat texnika universitetida “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” haftaligini o‘tkazish rejalashtirilgan. Haftalik doirasida “Ixtirochi ayollar-2023” forumi, ko‘rgazma hamda “Intelektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish tartibi haqida o‘quv seminari tashkil qilinadi. Ushbu seminarga universitetimizning doktorant qizlaridan Akramova Yulduzoy, Mirzaeva Shaxnoza  haftalik doirasida o‘tkaziladigan forum, ko‘rgazma va o‘quv seminarlarida ishtirok etdilar. G.Murtazayeva va M. Hayitboyevalar  texnika seksiyasida disseratsiyalari boʻyicha o’z ma’ruzalari bilan qatnashishdi.

Yer resurslarini boshqarish” kafedrasining katta o’qituvchisi Z.Xafizova mahlumoti

Universitet matbuot kotibi: R.Jumaniyozov