TIQXMMI yangiliklari

img
13.09.2022

Istiqbolli rejalar davr talabi

2022-2023 o‘quv yilini boshlash va  bu yilni qanday rejalar bilan, qanday yutuqlarni qo‘lga kiritish, ayniqsa, xotin-qizlar masalalarida degan o‘y –xayol har bir  rahbariyatning  ko‘nglidan o‘tadi. Haqiqatdan ham bu fikrga hamma qo‘shilsa kerak, chunki Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlarga yaratilayotgan sharoitlar, ular uchun yildan yilga yangi imkoniyatlarni safi kengayib borayotganiga guvohmiz, albatta. Bu yilgi qabulda qizlarimizni universitetimizga topshirish borasidagi taxlillarga qaraganda 2-3 barobar qizlar safi kengayganiga guvohmiz. Qarangki, bu bitta universitet misolida, qolgan qancha OTMlarda ham bunday holatlar sezilarli darajada bo‘lgan bo‘lsa ajab emas, albatta. Bu esa xotin-qizlarga, ayniqsa qizlarimizning o‘qish davridagi mas’uliyatni talab qiladi. Bu borada universitetimizning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi raisi Ismailova Zuxra Karabaevna ular bilan ishlash rejasini puxta tuzish, qizlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, kiyinish madaniyati va TTJ da 100 foiz qizlarimizni yashashiga imkon berishga amaliy  yordam berish kabi masalalarda fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari, Kengash a’zolari va tyutorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Bunda ayniqsa, qizlarimizni o‘qishi, yashashi, yurish-turishi va barcha sohalarda mas’uliyatli bo‘lish masalasida to‘xtalib, ular bilan ish rejalarini puxta, mukammal va maqsad sari aniq yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak degan fikrlarga to‘xtaldi.

Birinchi qilinadigan ishlarimiz qizlarimiz bilan dildan tanishish va ular bilan dustona suhbat o‘tkazishdan iborat. Chunki ularni hozirda o‘qishga bulgan chanqoqligiga yana ham qiziqtirish uyg‘otish maqsadida universitetda yaratilgan sharoitlar bilan to‘liq tanishtirib borish eng asosiy vazifamizdan biri ekanligi va ularni xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari bilan tanishtirib, qanday masalalarda kimlarga murojaat qilish kerakligi haqida ham fikr yuritish zarurligi haqida to‘xaldilar va ko‘pdan ko‘p tadbirlar, forumlar, xorijiy hamkorlar bilan vebinarlar o‘tkazib borish, respublika va xorijiy davlatlar bilan anjumanlar tashkil etish kabi masalalarda gaplashib oldilar. Bu esa o‘z navbatida samara berishiga ishonamiz va buning uchun barcha universitet xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari mas’uliyatini oshiramiz.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi kotibi D.Xursandova axboroti

Universitet matbuot xizmati