TIQXMMI yangiliklari

img
25.05.2022

Isroil elchisining universitetimizga tashrifi

Isroilning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Zehavit Ben Hilel va MAShAV loyihasi kordinatori Yuliya Olxovskaya universitetimizga tashrif buyurdi. Uchrashuvda rektor, prof. B.Mirzyaev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Xudayarov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Salohiddinov, Traktor va avtomobil kafedra mudiri M.Amonov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Sh.Raxmonov, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi Grant mablag‘larini jalb etish boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Teshabaev va bosh mutaxassis Xaydarov Mirazimlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda Zehavit Ben Hillel Isroil bilan qilish mumkin bo‘lgan hamkorlik yo‘nalishlari bilan muhokama qilindi. Jumladan, MAShAV dasturi orqali professor-o‘qituvchilarini malaka oshirish va stajirovkalarga, yoshlarni doktoranturaga o‘qishga yuborish masalalari keng qamrovli o‘rganildi.

Shuningdek, universitet hududida Isroil texnologiyasiga ixtisoslashgan laboratoriya xonasini jihozlash imkoniyati ham tahlil qilindi. Isroil universitetlari bilan anglashinuv memorandumlari imzolash va keng qamrovli hamkorlik o‘rnatish tavsiya etildi.

Uchrashuv do‘stona va iliq tarzda o‘tkazildi. Uchrashuv so‘nggida faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklari yozib qoldirildi va sovg‘alar ulashildi.

Universitet matbuot xizmati