“Ishlaganday bo‘laylik” spektaklini ko‘rib
Joriy yilning 19 yanvar kuni "Gidromelioratsiya" fakulteti tyutori D Axrarova madaniy hordiq chiqarish maqsadida fakultetda tahsil olayotgan 1-kurs faol talabalari bilan O‘zbekiston davlat drama teatrida O’zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam qalamiga mansub “Ishlaganday bo‘laylik” nomli spektaklni tomosha qilishga borishdi.
Spektakl satirik janr bo’lib, bugungi kun jamiyatining yuziga oyna tutadi. Spektaklda hozirgi davr talabalari uchun ayni jamiyatdagi insonlarga sahnada o’z aksini ko’rish imkonini yaratadi. Spektakl yarim hazil, yarim chin tarzida bo‘lib o‘tadigan voqealar, aslida asl hayot, haqiqat ekanini tomoshabin o‘zi istamagan holda anglaydi. Bo’lib o’tgan sahna ko’rinishlardan talabalar juda katta taassurotlar bilan qaytishdi.
"Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D. Axrarova axboroti
Universitet matbuot xizmati