TIQXMMI yangiliklari

img
22.04.2022

Ishlab chiqarishgacha boʻlgan yoʻl

Universitetimiz tomonidan 2022 yil 4-mart kuni tashkil etilgan innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishga bagʻishlangan koʻrgazmada “Elektrotexnologiya va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti A.Boqiyev va shogirdi PhD N.Nuraliyeva tomonidan yaratilgan “Quyosh+shamol mobil elektr stansiyasi” va “Mobil elektromexanik qurilma” Innovatsion rivojlanish vaziri  I.Abdurahmonov va texnopark masʼul xodimlarining eʼtiboriga havola etildi.

Ushbu ishlanmaga “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi”, Oʻzbekiston respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi” va agrosanoat sohasining boshqa vakillari tomonidan ijobiy xulosalar berilganligini eʼtiborga olib Vazirning toshirigʻi bilan ushbu ishlanmalarni zamonaviy dizaynini yaratish maqsadida “Krantas Group” MCHJ zavodiga topshirildi.

Zavodda ish jarayonini samarali tashkil etish va doimiy muvofiqlashtirib borish maqsadida loyiha rahbari A.Boqiyev va loyiha aʼzolari – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori R.Isayev, “Muqobil yonilgʻi va energiya korxonalari” assotsiatsiyasi departament boshligʻi t.f.n., A.Sarinsakxodjayev, Krantas Group” zavodi rahbari Akmal Akbarovich, zavod konstruktorlari bilan doimiy muloqotdalar.

Universitet matbuot xizmati