TIQXMMI yangiliklari

img
12.05.2022

Ishlab chiqarishda 5+1 tizimi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 - yil 8 - oktabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida” PF-5847-sonli Farmonining 3-bob 5-bo’limida,ishlab chiqarish korxonalarida  dars mashg’ulotlari va talabalar amaliyotini samarali tashkil etish tizimi asosida o’qitishni joriy etish maqsadida,“Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakulteti 2 kurs talabalarini, 2022 - yilning 12 - may kuni “ET va EJF” kafedrasi dotsenti O’.Xoliqnazarov Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Power electric group” MChJga olib bordi.

Talabalar ishlab chiqarishda bo’layotgan jarayonlarni, elektr uskunalarini, transformatorning yasalishi va ehtiyot qismlari bilan tanishib ularning ishlashini o‘rganishdi. Bu kabi mashgulotlar talabalarga juda qiziqari va mazmunli bo‘lmoqda. Talabalar o’zlari qiziqqan savollariga mutaxassislardan yetarlicha javoblar olishdi. 

“ETvaEJF” kafedrasi dotsenti O’.Xoliqnazarov axboroti

Universitet matbuot xizmati