Ishlab chiqarishda 5+1 tizimi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmonining 3-bob 5-bo‘limida, ishlab chiqarish korxonalarida dars mashg‘ulotlari va talabalar amaliyotini samarali tashkil etish, hamda Universitet rektorining talabalarni 5+1 (besh kun universitetda va bir kun ishlab chiqarishda) tizimi asosida o‘qitishni joriy etish maqsadida, 5430500-“Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti” bakalavr ta’lim yo‘nalishi 2 - kurs talabalarini, 2022 - yilning 28-aprel kuni “ETvaEJF” kafedrasi dotsenti A.Turdiboyev “Uzelektroapparat” MChJga olib bordi.
Talabalar ishlab chiqarishda bo‘layotgan jarayonlarni, elektr uskunalarini, transformatorning yasalishi va ehtiyot qisimlari bilan tanishib ularning ishlashi, vazifasi hamda montaji bilan bevosita o‘rgandi. Bu kabi mashg‘ulotlar talabalar uchun juda qiziqari va mazmunli o‘tdi. Talabalar o‘zlari qiziqqan savolariga mutaxassislardan yetarlicha javoblar olishdi.
“ETvaEJF” kafedrasi dotsenti A.Turdiboyev axboroti
Universitet matbuot xizmati