Ishlab chiqarish va ta’limning o‘zaro integratsiyasi
Joriy yilning 19-yanvar kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrologiya va Gidrogeologiya kafedrasi tashabbusi bilan G-bino 111-xonada “Daryo va suv omborlari gidrologiyasi” ta’lim yo‘nalishi yuqori kurs talabalari hamda professor o‘qituvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan hamkorlikda “Suv omborining batimetriyasi va hajmini hisoblashda zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish” mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tdi. Ilmiy seminarni “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani professor A.Fatxulloyev texnologiyalar agentligidan tashrif buyurgan soha mutaxassislarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib ochib berdi va so‘z navbati mehmonlarga berildi.
Ushbu agentlik mutaxassislari tomonidan zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanib suv omborining morfometrik ko‘rsatgichlari hisobini bajarish ishlari atigi bir yildan oshmagan bo‘lsada, respublikamizda hozirda mavjud bo‘lgan 60 ga yaqin suv omboridan 23 tasida tadqiqotlar olib borilganligi va naturada o‘lchangan qiymatlar bilan solishtirganda 90-95 % aniqlikda bajarilganligi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Tadbirda Universitetda faoliyat yuritayotgan professor o‘qituvchilar va kafedra mudirlari ham ishtirok etishdi.
Seminar ko‘tarinki ruhda davom etdi va seminar so‘ngida talaba hamda professor o‘qituvchilar ozlarining qiziqtirgan ko‘plab savollariga javoblar olishdi.