01.12.2022
“Ishlab chiqarish” amaliyotini o’tash
“QSXET” fakulteti 5430500 - “Qishloq va suv xo’jaligida energiya ta’minoti” ta’lim yo’nalishi 301, 302 - guruhlarining “5+1” dasturi asosida hamda “Ishlab chiqarish” amaliyotini o’tash belgilangan vazifalarini ta’minlash maqsadida 2022 - yil 30 - noyabr kuni “Uzenergoinjinering AJ” korxonasiga tashrif buyurishdi. Talabalar bu tashrif chog’ida korxonada ekspluatatsiya qilinadigan elektr uskunalarning nomenklaturasi bilan tanishish, elektr uskunalarining texnik ekspluatatsiyasining darajasini o’rganish bo’yicha birlamchi ma’lumotlar olishga erishdilar. Korxona rahbariyati hamda xodimlari tomonidan berilgan taqdimotlar hamda ma’lumotlar bo’yicha talabalar qizg’in suhbatlar olib bordilar.
Universitet matbuot xizmati