Ishlab chiqarish amaliyotida
"Gidromeliorativ ishlarni mexanizasiyalash” fakulteti Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yonalishi 3-bosqich talabalarini Universitetning “Marketing va talabalar amaliyti” bo’limi, HFX kafedrasi oʻqituvchilari va MChJ «TEXNOPARK» ishlab chiqarish korxonasi HR taʼlim muassasalari bilan ishlash bo’limi mutaxassisi D.Parpiyev bilan hamkorlikda TEXNOPARK korxonasida ishlab chiqarish amaliyoti qanday tashkil etilganligini o’rgandilar va talabalar fikri tinglandi.
Korxona hududi va uchastkalari xavfsizlik va ozodalik bilan ta'minlangan hamda eng so‘ngi zamonaviy texnika- texnologiyalar bilan jihozlangan, Korxonada amaliyot o'tayotgan talabalar korxona tomonidan 3 mahal oziq-ovqat va oylik maoshi bilan taʼminlanganligini alohida e'tirof etish joiz.
Universitet matbuot xizmati