Ish beruvchi korxona vakili bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi PQ 42 - sonli Qaroriga asosan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti ”Milliy tadqiqot universiteti fakultetlari va kafedralarining ish beruvchilar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga biriktirish va manfaatli hamkorlikni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi 7-bandi ijrosini ta’minlash hamda universitet rektori tomonidan tasdiqlangan universitet bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda ishlab chiqarish amaliyotlarini sifatli tashkil etish maqsadida ish beruvchi tashkilot va korxonalar bilan hamkorlik qilish rejasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida 2023 yilning 15 aprel kuni "Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash" kafedrasi Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish bakalavriat ta’lim yo‘nalishi tababalari bilan “O‘zsuvqurilish” Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining yordamchisi T.Qudratov bilan uchrashuv tashkil qildi.
Uchrashuvda ta’lim yo‘nalishining 1-4 kurs talabalari ishtirok qilishdi. “O‘zsuvqurilish” Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining yordamchisi T.Qudratov yig‘ilgan professor-o‘qituvchilar va talabalarga jamiyatda olib borilayotgan islohotlar, mavjud vakant ish o‘rinlari, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash davrida beriladigan ijtimoiy yordam hamda bitiruvchilarni vakant ish o‘rinlariga ishga qabul qilish talablari to‘g‘risida keng ko‘lamli ma’lumotlar berdi. Savol-javoblar asosida tashkil qilingan yig‘ilishda talabalar tomonidan berilgan savollarga to‘laqonli javob berildi. Uchrashuvda "Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash" kafedrasi professor o‘qituvchilari va universitet Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i X.Hayitov ishtirok qildi.
Universitet matbuot xizmati