TIQXMMI yangiliklari

img
27.03.2023

“Ish beruvchi” hamkor tashkilotlar bilan uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tog‘risida”gi PQ-42-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish va universitet bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha ish beruvchi tashkilot va muassasalar bilan hamkorlik qilish rejasiga muvofiq “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi va Respublika aerogeodeziya markaziy, “Kartografiya” IIChDK hamkorligida universitetning 60722600– Geodeziya va geoinformatika va 60722700–Yerni masofaviy zondlashda innovatsion texnologiyalar bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Tadbirda Respublika aerogeodeziya markazi O‘quv amaliyot va tajriba bazasi bo‘limi boshlig‘i Ya.Xodjayev, “Kartografiya” IIChDK yetakchi mutaxassisi O.Abdullaev, universitetning “Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi boshlig‘i X.Xayitov va “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi mudiri R.Oymatovlar ishtirok etishdi.  Uchrashuvda har ikkala tashkilot mas’ullari talabalarga “Ish beruvchi” larning kasb yuzasidan talablari; 3-kurs talabalari uchun malakaviy amaliyotlarni tashkil qilish; tashkilotlardagi vakant ish o‘rinlari; oylik ish haqlari va ishga qabul qilishdagi me’yoriy hujjatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni berishdi.

Universitet matbuot xizmati