“Irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarida ilmiy kuzatuv”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida suv resurslaridan samarali foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4801 - sonli qarori bo‘yicha hozirgi kunda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. 2021-yilning 30-31 oktabr kunlari “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsentlari Mamataliyev A.B. va Bortirov Sh.Ch. rahbarligida kafedra mustaqil tadqiqotchisi Yulchiyev D.G., tayanch doktorant Mardiyev Sh.H. va stajyor-tadqiqotchi Malikov E.N. lar Sirdaryo viloyatidagi qurish va rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlariga navbatdagi tashrifni amalga oshirdilar.
Tashrif davomida rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan Sardoba tumanidagi ЦК-6а, ЦК-6а-1, K-7-8, K7-8-2-1, 4-K-3, 7-K-3, Oqoltin tumanidagi 10-K-2, 17-K-1, 17-K-2, 17K-1-1 kollektorlarida kuzatuv ishlari amalga oshirildi. Bu jarayonda “Sirdaryosuvqurilishinvest” Davlat muassasasi har bir obyektining texnik nazoratchilari va qurilish tashkiloti xodimlari ishtirok etdilar. Kuzatuv ishlari vaqtida ba’zi kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi, bu kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar, maslahatlar berildi. Shu bilan birgalikda, institut professor-o‘qituvchilari tomonidan kollektor tarmoqlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha master-klass o‘tib berildi. O’bektlarda rekonstruksiya ishlari tugagunga qadar ilmiy kuzativ ishlari davom ettiriladi.
TIQXMMI matbuot xizmati