Irrigator - notiqlarning jonli efirdagi ishtiroki
Kuni kecha ta'lim muassasamizdagi Notiqlik mahorati kursi tinglovchilari ustozimiz Rahimboy Jumaniyozov boshchiligida "Toshkent" telekanali orqali jonli efirda ishtirok etdik.
Bu safar ancha qiziq va ko`pchilik yurtdoshlarimiz uchun kerakli mavzu to`g`risida suhbat - bahs tashkil etildi. Uning nomi “soxta tabib va qallob folbinlarga aldanib qolmang” edi.
Ko`rinib turibdiki yurtimizda qallob folbinlarning so`zlariga ishonib, aldanib qolayotgan odamlar kun sayin ko`payib bormoqda. Buning oldini olish uchun ko`rsatuv davomida ustozlarimiz exportlar yurtdoshlarimizga ko`plab o`z maslahatlarini berishdi. Ustozlarimizdan biri shunday dedi: folbinlarning gaplariga aldanib qolayotgan odamlarning ko`pchiligining mafkurasi past, tezda ishonuvchan bo`ladi. Bilimli, o`zining fikriga ega bo`lgan inson bo`lsa shu folbinning yolg`on gaplariga uchmasdi. Uning oldiga ham bormasdi. Yana bir gap o`zbek ayollarida folbinga borishga moyillik bor. Chunki ayollar ishonuvchan bo`ladi, hamma gaplarga ham ishonaveradi. Ko`rsatuv davomida folbin to`g`risida ko`plab bahs-munozara, savol-javoblar bo`lib o`tdi. Kursdoshimiz Shahlo ustozlarga shunday savol berdi: folbinlarga qanday qonunda jazo bor. Mutaxassislardan biri shunday javob berdi: qonunchilikda firibgarlarga qarshi ko`dekslar bor. Kursdoshimiz Javohir Jo`rayev shunday dedi: Temur tuzuklarining birinchi tuzugida Amir Temur jangidan oldin qur’ondan bashorat ochtirgan.
Tabiblar to`g`risida ham ancha ko`p mulohazalar bo`ldi. Mutaxassislardan biri shunday dedi: tibbiyotda davosi topilmayotgan kasalliklarga Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobidagi ma'lumotlardan foydalanib kasalliklarni davolayapmiz dedi. Tabiblarga hozirda davlat tomonidan hujjatlar asosida ruxsat berilyapti. Ular o`z faoliyatini rasmiy olib bormoqda.
Universitet matbuot xizmati