TIQXMMI yangiliklari

img
20.12.2023

“Iqtisodiyot” fakultetida Obuda Universiteti professori bilan onlayn vebinar

Joriy yilning 19-dekabr sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Iqtisodiyot” fakulteti Turon bank zalida talabalariga Vengriyaning Obuda Universiteti Keleti Karoly Biznes va Menejment Fakulteti Professori Dr. Peter Karacsony bilan  onlayn webinar tashkil qilindi. Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligida “Inno-week 2023” xalqaro tadbiri doirasida universitetimiz rektori Prof. Mirzayev Baxodir Suyunovich va Obuda Universiteti rektori Prof. Levente Kovacs ushbu Qo’shma Ta’lim Dasturini imzolash jarayonida ikki tomonlama amalga oshirilishi ko’zda tutilgan masalalarni atroflicha muxokama qilishgan edi. Muxokamada ikkila  universiitet professor-o’qituvchilari tomonidan onlayin webinarlar tashkil qilish, talabalar almashinuvi kabi dolzarb masalalar ham o’rin olgan edi. Tadbirni Alba Regia Texnika Fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini, Markaziy Osiyo boʻyicha koordinator, Vengriyaning O’zbekistondagi xalqaro elchisi Professor, Monica Pogatsnik taklifiga binoan Keleti Karoly Biznes va Menejment Fakulteti Professori, Dr. Peter Karacsony bilan uchrashuv universitetimizning iqtidorli yoshlari uchun onlayn webinar tashkil qilindi.

Tadbirni “Iqtisodiyot” Fakulteti dekani PhD, Dotsent Alimov Uchqun Zoyirovich ushbu onlayn webinarni yuqori nufuzda tashkil qilishda, iqtidorli talabalarga “Hungaricum Scholarship” haqida ma’lumot berishga yaqindan yordam berib, xalqaro tadbirni ochib berib, Obuda Universiteti va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti o’rtasidagi hamkorlikni yanada mustaxkamlash borasida o’zlarining tavsiyalarini berib o’tdilar va taqdimotlari bilan qatnashgan xorijiy ekspertlarga o’zlarining minnatdorchiligini bildirdilar. Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, fakultetning “Iqtisodiyot” Fakultetining ko’p sonli talabalarida IELTS va CEFR sertifikatlari mavjud bo’lib, ular onlayn webinar jarayonida turli xil savollarini xorijiy professorlarga berish orqali, Budapeshtdagi xalqaro talabalarga yo;lga qo’yilgan imkoniyatlar haqida va Hungaricum Scholarship to’g’risida ham yetarli ma’lumotlar olishdi. Tadbirdan ko’zlangan maqsad Vengriyaning Obuda Universiteti va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot Universiteti bilan xalqaro hamkorligini yanada mustahkamlash yo’lida o’z sa’yi xarakatlarini Professor Monica Pogatsnik bilan yaqin hamkorlikda ishlab kelayotgan “Ingliz tili” kafedrasi v.b.dotsenti Go’zal Eshchanova tashabbusi bilan universitetimizning magistr va bakalavr talabalariga e’lon berildi va onlayn, offlayn talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

Ushbu onlayn webinarda Professor Dr. Peter Karacsonyning Obuda Universiteti haqidagi taqdimoti tinglanib, asosan Biznes va Menejment fakultetida mavjud  ta’lim yo'nalishlari  bo’yicha Magistraturada to’qish, kredit modul asosda taxsil olish, kreditlar va fanlarning tafovutlari va  ‘Hungarian Scholarship” (Vengriya Stipendiyasi) bo’yicha hujjat topshirishdagi talabalar rioya qilishlari zarur bo’lgan ma’lumotlarga to’xtalib o’tildi. Talabalar o’zlari qiziqtirgan savollariga javob olishdi va professor bilan to’gridan tog’ri o’zlarini qiziqtirgan savollari bo’yicha bog’lanish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Tadbirda Go’zal Eshchanova universitetimizning yaqin hamkori bo’lmish Vengiyaning Obuda Universitetida ‘Hungarian Scholarship” (Vengriya Stipendiyasi) xalqaro tanlovi orqali bakalavriatura va magistraturaning turli ta’lim yo’nalishlarida grant asosida 1 o’quv yiliga yoki butun kurs davomida taxsil olish imkoniyatlari haqida to’xtalib, tanlov ishtirokchilarilaridan minimum B2 (IELTS 6) sertifikatiga ega bo’lish talab etilishini tushuntirib ot’di. Kelgusidagi bu kabi xalqaro Onlayn Webinarlar universitetimizning qolgan 6ta  fakultetlarida ham o’tkazilishi rejalashtirilib, ikki tomonlama ma’lumot almashildi.