TIQXMMI yangiliklari

img
20.05.2023

Iqtidorlilar kesishgan chorraha

Iqtidorli insonlar insoniyatning peshqadam vakillaridir. Ular jamiyatni taraqqiyot sari yetaklaydi. O’tmishga qarasangiz million - million nomlar tarix sahnasidan o‘chib ketgan. Faqat iqtidor egalarining nomlarigina mash’ala kabi yoniq. Shu’lasi nafaqat o’tmishni, balki kelajakni ham yoritib turibdi. Demak, iqtidor egalari tarixni yaratganlari singari, kelajakni ham yaratadilar.

Shu sababli, hayotda iz qoldirmoqchi bo’lgan har bir inson avvalo, iqtidorli bo’lishga, o’z kasbini mukammal egallashga, uni eng yuqori saviyaga olib chiqishga, iqtidorini yaqqol namoyon etishga majbur. Bo’lmasa, uning ovozi g’ala - g’ovurning orasida yo’q bo’lib ketadi.

O’zbeklarda aynan mana shu xususiyat bor. Joriy yilning 19 may kuni «Profesiional ta’lim» kafedrasi tashabbusi hamda universitet rektorining 2023 yil 08 maydagi 24/f -sonli Farmoishiga asosan «Gidromelioratsiya» hamda «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash» fakulteti Professional ta’lim yo’nilashining talabalari o’rtasida «Iqtidorlilar kesishgan chorraxa» deb nomlangan “Ta’lim texnologiyasi”..... fanidan pedagogik texnologiyalarga asoslangan ilmiy-intellektual «DISPUT» ko’chma ochiq darsi tashkil etildi.

O’tkazilgan ochiq darsdan  asosiy maqsad talabalarning iqtidorlarini aniqlash, professional sohadagi yangiliklarni egallash va ularni ommaga yetkazib bera olish, o’qituvchilik sohasining sirlarini o’rganish va amaliyotga joriy etishni yosh pedagoglarga o’rgatishdir.

Ushbu ko’sma ochiq darsda talabalarning ota-onalari ham ishtirok etishi tadbirga yanada ko’rk bag’ishlab, Oliy ta’lim muassasasi-Oila-mahalla konsepsiyasining amalda ham olib borilayotganidan dalolatdir. Barcha ishtirokchilarga kelgusidagi kasbiy mahoratlariga omad tilab qolamiz.

       Universitet matbuot xizmati