TIQXMMI yangiliklari

img
24.08.2022

Iqtidorlilar g’olib bo’lishadi

Korea Water Resources Corporation tomonidan e`lon qilingan “Intern program” da “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot univeristetining “Gidromelioratsiya” fakulteti talabasi va ayni damda Samiyev Luqmon boshchiligidagi “Hydroleaders” jamoasi yetakchilaridan biri Shamsiddinov Xushnudbek g`olib bo`ldi va 2 oylik daturda ishtirok etdi. Ushbu davr davomida talabamiz nufuzli tashkilotlar : “Hyundai engineering” LTD, Suv xo`jaligi vazirligi, Uzbekgidroenergo AJ, Uzsuvta`minot AJ bilan hamkorlikda ish olib bordi.

Dastlabki oyda Suv xo`jaligi vazirligi tomonidan qurilishi rejalashtirilayotgan Qizilsoy va Parkentsoy suv omborlari hududiga hamkasblari bilan investitsion soha doirasida yosh muhandis sifatida tashrif buyurdi.

“Hyundai Engineering” Corporationning Markaziy Osiyo filliali direktori Mr. Jang  hamda K-water korporatsiyasi direktori Mr.Lee tashrifi ko`zda tutilgan ushbu delegatsiyaga talabamiz mas`ul bo`ldi. Bundan tashqari u Koreyalik yirik investorlar bilan Angren shahrida joylashgan “Navro`z” suv tozalash inshooti, “Qodiriya” suv inshooti, Mullalak GES, Chorvoq va Pskem GESlarga mutahassis sifatida investorlar bilan grand loyihalar muhokamasida ishtirok etdi.

Yaratilgan sharoit va berilgan imkon uchun talabamiz Universitet rahbariyatiga, Ustozlariga, kompaniya rahbariyatiga, Vazirlik va tashkilotlarga, hamda jamoasiga o`zining minnatdorchiligini bildirdi.

Universitet matbuot xizmati