TIQXMMI yangiliklari

img
23.11.2021

Iqtidorli talabalar - bizning kelajagimiz

17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabat bilan “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetining “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 104 va 105 guruh faol talabalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida guruh murabbiyi “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti A.Tabaev, katta o‘qituvchi M.Raxmataliev hamda fakultet tyutori Xolbutayev Islombeklar tashabbusi bilan taqdirlash marosimi o`tkazildi.

Ushbu taqdirlash marosimida fakulteti dekani R.Hakimov, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi kafedra mudiri A. Axmedovlar so`z olib, talabalarni  17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni bilan samimiy qutlab, ezgu tilaklar bildirdilar. Tadbir so'ngida yutuqlarga erishgan iqtidorli talabalar badiiy kitoblar va faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Kelajakda ushbu iqtidorli talabalar yetuk kadr bo‘lib, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishiga ishonamiz!

TIQXMMI matbuot xizmati