Iqtidorli talabalar bilan to‘garakda
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Ingliz tili" kafedrasi tomonidan yil davomida an'anaviy tarzda olib borilayotgan "Iqtidorli talabalar bilan to'garak" ya'ni SPEAKING CLUB har seshanba kunlari muntazam ravishda tajribali o'qituvchilar Ziyadulloyeva Mohidil va Yuldashova Nargiza tomonidan olib borilmoqda.
Bu to'garakdan maqsad tilga qiziqishi yuqori va iqtidorga ega talabalarni yanada imkoniyatlarini rivojlantirish va bosh vaqtlarini samarali tashkil etish hamda ularning ingliz tilida muloqot imkoniyatlarini rivojlantirish ko'zda tutilgan. To'garak jarayonida talabalar bilan qiziqarli jarayonlarni va mavjud voqeliklarni ingliz tilida muhokama qilishadi, karaoke, dublyaj, jonli va sahnali ijro kabi ko'plab faoliyatlarni ham aynan ingliz tilida olib borishadi.
Universitet matbuot xizmati