TIQXMMI yangiliklari

img
10.03.2022

“Iqlim o‘zgarishi sharoitida agroekotizimlar, melioratsiya va suv resurslari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya - AgEC 2022 o’z ishini boshladi

2022-yil 10-mart kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Iqlim o‘zgarishi sharoitida agroekotizimlar, melioratsiya va suv resurslari” AgEC 2022” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boshlandi. Mazkur konferensiyaToshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiMilliy tadqiqot universiteti (Ozbekiston, Toshkent sh.), Ilmiy tadqiqotlarni qollab-quvvatlash uyushmasi (Rossiya, Barnaul sh.), Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti (Ozbekiston, Toshkent sh.), Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI) (O‘zbekiston, Toshkent sh.), Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti (O‘zbekiston, Toshkent sh.), Nitra shahridagi Slovakiya qishloq xo‘jaligi universiteti (Slovakiya, Nitra sh.) tomonidan tashkil etildi.

Mazkur konferensiyaning asosiy maqsadi iqlim o'zgarishida suv resurslaridan kompleks foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligi, sifatli va yuqori hosil olishga, shuningdek, ushbu sohalarda innovatsion texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq muammolarni hal etishning asosiy omili sifatida ko‘rib chiqishdan iborat.