TIQXMMI yangiliklari

img
26.04.2023

Iqlim kartalarini tuzishda ma`lumotlar manbalari

Sirtqi taʼlimda talabalar bevosita ishlab chiqarish tashkilotlarida faoliyat yuritayotganlari sababli darslarga boʼlgan talab va takliflari ham yanada masʼuliyatli. Joriy yilning 20-aprel kuni TIQXMM-Milliy tadqiqot Universiteti va Gidrometeorologiya xizmati markazi oʼrtasilagi “Oʼzaro hamkorlik” dasturiga koʼra, Iqlim maʼlumotlarini olish jarayonini kuzatish hamda Suv kadastrini yuritilishi bilan yaqindan tanishish maqsadida darsdan tashqari vaqtda OʼzGidrometda amaliyotda boʼldilar. 5+1 Ishlab chiqarish korxonalari va OTM oʼrtasidagi shartnoma asosida Geodeziya va geoinformatika  yoʼnalishi sirtqi guruh talabalari va Yerni masofadan zondlash yoʼnalishlari 211-212-guruh talabalari Oʼzbekiston respublikasi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasiga bordilar.

Tabiiy kartalarni loyihalash va tuzish fanidan Iqlim kartalarini tuzisda mavjud meteopostlarda iqlim ma`lumotlarini olish jarayonlarini kuzatdilar. Xalqimizda “Ming marta eshitgandan bir bora ko`rgan afzal” degan gap bejizga aytilmagan. Geografiya fanlari nomzodi  dotsent O.Roʼziqulova boshchiligida Toshkent shahridagi mutloq balandligi eng baland nuqta boʼlgan Toshkent abservatoriyasi meteostantsiyasiga borib, tuproq namligi; havo harorati; qor, yomgʼir miqdorini oʼlchash; shamol yoʼnalishi va kuchini oʼlchash kabi meteorologik maʼlumotlar boʼyicha amaliy koʼnikmalarga ega boʼldilar. Ekskursiyadan koʼzlangan maqsad: iqlim va suv maʼlumotlarini toʼplash va tahlil qilish jarayonini meteostantsiyani oʼzida koʼrib, tushunchaga ega boʼlish hamda suv kadastrini yuritish jarayoni boʼyicha tushuncha va koʼrikmalarga ega boʼlish edi.