Intuitsiya - ichki olamimiz shiviri
Joriy yilning 5 oktabr kuni 5-TTJ YeRB fakulteti 1-2-3-kurs talaba yigitlari bilan universitet psixologi M.K.Muxamedova va YeRB fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini H.Eshova, 5-TTJ tarbiyachi pedagogi Sh.Islomova va YeRB fakulteti tyutori A.Hayitovalar hamkorlikda “ Ko'zni yumgil ko'zga aylansin ko'ngil” shiori ostida tadbir tashkil etdilar.
Tadbir TTJdagi yigitlarda o'zlariga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, ijobiy ustanovkalarni shakllantirish, o'z “men”larini anglab, qalblariga quloq solib ichki ovozlarini eshita bilish qobiliyati orqali ijobiy natijalarga erishish ko'nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etildi. Tadbir davomida intuitsiya hamma insonda mavjud ekani, ammo o'z ichki ovozini eshita olish xususiyati kamchilik insonlarda borligi, kimda kim o'z intuitsiyasini rivojlantirishni istasa, uni rivojlantirish imkoni bor ekani haqida qiziqarli suhbat olib borildi. Barcha yig'ilish ishtirokchilariga mavzu ma'qul kelgani bois, kelasi tadbirda intuitsiya mavzusi bundanda kengroq yoritilib: test, tajriba va sinovlari orqali o'tkazishga taklif berishdi. Tadbir savol va javoblar tarzida davom ettirildi va qizg'in tarzda o'z yakuniga yetdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati