TIQXMMI yangiliklari

img
23.04.2022

Intellektual mulk – huquq muhofazasida

Joriy yilning 19-22 - aprel kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligida 26-aprel Xalqaro intellektual mulk kuni munosabati bilan mutasaddi vazirlik va tashkilot vakillari, yosh olimlar, ixtirochilar, magistrantlar va talabalar ishtirokida “Intellektual mulk haftaligi” tashkil etildi.

Haftalik doirasida “Intellektual faoliyat natijalarining huquqiy muhofazasi muammolari”, “Patent huquqi obyektlariga xalqaro talabnomalar topshirish tartib tamoyillari”, “Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk obyektlarini xorijda roʻyxatdan oʻtkazishni davlat tomonidan moliyalashtirish shartlari”, “Biznes uchun patentlar”, “Patentshunoslarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish holati” va “Intellektual mulk obektlarini nomoddiy aktiv sifatida hisobini yuritish va ularni baholash” mavzularida mas’ul idoralar vakillari tomonidan qiziqarli seminar-treninglar tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari intellektual mulkning yaratilishidan tortib uning amaliyotga joriy etilishi va takomillashtirish davomida sodir bo‘ladigan huquqiy munosabatlarning qonuniy asoslari hamda iqtisodiy ko‘rsatgichlari to‘g‘risida keng tushunchalarga ega bo‘ldilar.

Ushbu Intellektual mulk haftaligi yakunida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti jamoasi hamda tadbirda faol ishtirok etgan universitet magistranti J. Normurodov sertifikat bilan taqdirlandi.

Universitet matbuot xizmati