18.10.2022
Integratsiya hamda innovatsion hamkorlik
2022-2023 oʻquv yilidan boshlab “Gidromelioratsiya” fakulteti “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasiga qarashli “Suv xoʻjaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish” bakalavr taʼlim yoʻnalishi 3 bosqich, 307 va 308-guruhlar 5+1 dasturi asosida Suv xoʻjaligi vazirligi yetakchi mutaxassislari tomonidan yuqori saviyada dars jarayonlari olib borilmoqda. Talabalar nazariy olgan bilimlarini dala sharoitida joriy qilingan zamonaviy suv tejamkor sugʻorish tizimlaridan foydalanish va ularga servis xizmat koʻrsatish jarayoni bilan yaqindan tanishib, bilim hamda koʻnikmalarga ega boʻlishmoqda.
QSXET fakulteti 2-bosqich talabasi T.Ergashov axboroti
Universitet matbuot xizmati