TIQXMMI yangiliklari

img
15.11.2022

Insonning o‘zligini anglashida muzeylarning ahamiyati

        “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash  muрandislari institutш” Milliy tadqiqot Universiteti «Gidromelioratsiya» fakulteti tyutori G.Z.Axmedjanova  rahbarligida  joriy yilning 12-noyabr sanasida 1-bosqich 108- guruh talabalari bilan birgalikda Sergey Borodin uy-muzeyiga tashrif buyurishdi.  Tashrif mobaynida muzey mudirasi tomonidan bir qator yirik asarlar muallifi XX asr o‘rtalarida ijod qilgan yozuvchi Sergey Borodin 1950 - yildan 1974 - yilgacha yashaganliklari, hamda bu uy-muzey 1981 - yilda tashkil topganligi haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, uning "Dmitriy Donskoy" va "Zvezdi nad Samarkandom" asarlari juda ham mashhur bo‘lganligi haqida gapirdi. Muzeydagi turli xil ashyolar, muhim eksponatlar,  ijodidan namunalar, fotosuratlar talabalarda juda katta taassurot qoldirdi.

              Uy-muzeyning ikkita  zali ham uning hayoti va ijodiy faoliyatidagi muhim bosqichlarga bag‘ishlangan. Muzeyga borishdan asosiy maqsad insonning o‘zligini anglashda, hamisha tarixga nazar tashlab, mavjud urf-odatlar, an’analar hamda qadimiy yodgorliklarni o‘rganishga va saqlashga intilishi tabiiydir, shunga asosan esa muzeylarning o‘rni beqiyosligi,  uzoq o‘tmishdan meros bo‘lib kelayotgan madaniyat, ma’rifat, tabiat yodgorliklarining yaxlit tizimga solingan yig‘indisi ekanligini tushuntirishdan iboratdir.     

      «Gidromelioratsiya» fakulteti tyutori G.Z.Axmedjanova axboroti

Universitet matbuot xizmati