Inson tafakkuriga Art-terapiyaning ta'siri
Joriy yilning 10 fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova va “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutori D.Xursandovalar hamkorligida 1-Talabalar turar joyi ma'naviyat xonasida "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti talaba yoshlari bilan "Art- terapiya yordamida pozitiv kayfiyat yaratami'z!!!" shiori ostida seminar trening o‘tkazildi. Tadbir talabalarni stressli holatlar yuzaga kelganda pozitiv kayfiyat yaratish texnikasi yordamida muammolardan xalos bo‘lish, tasavvur, tafakkur qilish jarayonini kuchaytirish, tezkorlik, hozirjavoblik hususiyatlarini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Treningda vokaloterapiya, ertak terapiya hamda raqs terapiyalar orqali qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida so‘zga chechan bo‘lmagan talabalar ham tadbirda faol qatnashishga harakat qilishdi. Seminar yakunida barcha yig‘ilish ishtirokchilari treningdan olgan taassurotlari haqida o‘z fikr mulohazalarini bayon etib o‘tishdi. Keyingi tadbir talabalar talab va takliflari asosida tashkil etilishiga kelishilgan holda yig‘ilish nihoyasiga yetkazildi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova va “Gidrotexnika qurilish” fakulteti tyutori D. Xursandovalar axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati