Inson qadri ulug‘langan yurtda yangi va yaxshi Qomus
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti dotsenti N.Yuldasheva 2023 yil 1 aprel kuni "Olmachi" mahallasida referendum oldi davra suhbatida ishtirok etdi. U so‘zga chiqib, yangilanayotgan Konstitutsiyaning muhim jihatlari haqida gapirib, Konstitutsiya aholining barcha qatlamiga birdek tegishli bo‘lib, bir qator bo‘shliqlar to‘ldirilayotganiga misollar keltirib o`tdi. Yoshlarga, xotin- qizlarga konstituttsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha ularni qiziqtirgan savollariga ham javoblar berdi. Tadbir juda ham mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar barchani 2023 yil 30 aprelda o‘tkaziladigan referendumga befarq bo‘lmaslikka va faol ishtirok etishga chaqirdi.
2023 yilning 3 aprel kuni M.Ulug'bek tumanidagi Yangiolmachi MFY raisi, mahalla faollari bilan hamkorlikda yangilanayotgan Konstitutsiyaga bag'shlangan targibot tadbiri otkazildi. Tadbirda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti p.f.dok. N.Yuldasheva olib bordi. "KONSTITUTSIYA - BAXTIMIZ QOMUSI" shiori ostida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirdagi loyihasi mazmun-mohiyati tushuntiririldi. Targ‘ibot tadbirida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Targ‘ibot tadbirida 56 nafar xodim va yoshlar qatnashdi.
2023 yilning 4 aprel kuni M.Ulug'bek tumanidagi “Oqibat” MFY raisi, deputat Yuldasheva M., IIB boshliq o‘rinbosari podpolk. S.Ya. Djumaboyev, profilaktika inspektori B.Xodjayev, hokim yordamchisi U.Kamalov hamda mahalla faollari bilan hamkorlikda yangilanayotgan Konstitutsiyaga bag'shlangan targibot tadbiri 426- sonli maktabgacha ta’lim muassasasida otkazildi. Tadbirda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti p.f.dok. N.Yuldasheva va universitet talabalari ishtirok etib, har bir moddani sharhlab, tushuntirib berdi. Ma’rifiy targ‘ibot tadbiri juda salmoqli va savol-javoblarga boy o‘tdi. Ishtirokchilar soni 18 nafar.
2023 yilning 4 aprel kuni M.Ulug'bek tumanidagi “ Shahrisabz” MFY raisi, Koshetova Jumabike, hokim yordamchisi M. Mirsobitov, yoshlar yetakchisi, Xotin-qizlar faoli hamda mahalla faollari bilan hamkorlikda yangilanayotgan Konstitutsiyaga bag'shlangan targ’ibot tadbiri o’tkazildi. Tadbirda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti p.f.dok. N.Yuldasheva va universitetning Ekologiya va huquq fakelteti 106- guruh talabalari : Normamatov Yunus, Ataboyev Javohir, Dadajonov Olloyorbek, Normengliyev Hasanlar faol ishtirok etib, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlar haqida gapirishdi.
2023 yil 6 aprel Mirzakalon Ismoiliy MFY xududida Referendum oldi Konstitutsiyada bulayotgan yangiliklar yuzasidan nuroniylar va aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Unda MFY raisi, tuman Nuroniy jamgarmasi vakillari, yoshlar jami 61nafar ishtirokchilar qatnashdi.
Universitet matbuot xizmati