TIQXMMI yangiliklari

img
13.05.2024

Inson odob - axloqi bilan aziz- mukarramdir

Joriy yilning 11-may kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova 3- TTJ da fakultet talaba qizlari bilan "Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashdagi muhim omillar" mavzusida davra suhbati o'tkazdilar.

Ra'no Kodirova, mehnatsevarlik, halollik va samimiylik tamoyillari bilan bir qatorda qiz bola uchun pazandalik ham qiz bolaning borgan joyida unib- o'sib, oilasiga chin a'zo bo'lishida katta ahamiyatga ega. Bor narsadan shirin taomlar tayyorlay bilish uy bekasining qandayligini korsatadi. Bu qobiliyat ayol kishiga - oy yuzidagi  xol kabi- yarashiqlidir. Qiz bola qanchalik pazanda, uddaburon bo'lsa,erining ham, qaynota-qaynonasining ham mehrini qozonadi, olqishlarga sazovor bo'ladi. O'zbekona muomala odobini o'zlashtirish qiz bolaning ko'rki sanaladi deb takidladilar. Shundan so'ng qizlarimiz bilan birgalikda xamirli taomlar tayyorlash sirlarni organib,

Sevimli taomlarimizdan Manti tayyorladilar. Qizlarimiz xush kayfiyatda, mehr bilan taomlar tayyorladilar.

Qizlarni yaxshi tarbiyalab, baxtga munosib qilib o'stirish murod - maqsadga erishish demakdir.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati