Inson aziz, xotira - muqaddas
Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.
Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.
Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug fazilatlaridan biridir. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog'idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini korsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib otgan momolarimizni sharaflash, xotirasini yod etish, hurmat korsatishni his etgan holda
Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti xotin- qizlar masalasi bo'yicha dekan maslahatchisi Ra'no Kodirova boshchilida universitetimiz bir guruh talabalari "Xotira va qadrlash " maydoniga tashrif buyurdilar .
Yurtimizning bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatib aziz jonlarini fido qilgan vatandoshlarimiz xotirasini yot etish esa eng oliy vazifamizdir. Zero “Inson aziz, xotira-muqaddas”dir.
Universitet matbuot xizmati