TIQXMMI yangiliklari

img
26.07.2023

Innovatsion ilg‘or texnologiyalar amaliyotda

Ilm-­fan va innovatsiyalar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida strategik ahamiyatga ega ustuvor sohaga aylandi. 

Prezidentimiz SH.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, mamlakatimizning yetakchi oliy o‘quv yurtlari yirik ilmiy-­tadqiqot markazlari ham bo‘lishi kerak. Oliy ta’lim tizimining vazifasi faqat talabalarni o‘qitishdan iborat emas. Bunday muassasalar izchil ilmiy faoliyat olib borishi, yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilishi va yirik loyihalarni amalga oshirishi lozim.

Suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini o‘rganib, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlari hamda suv bilan ta’minlanganlik holatlarini inobatga olgan holda zarur tavsiyalar berishni o‘zining ustuvor maqsadi qilib olgan “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar 20-25 iyul kunlari Farg‘ona vodiysiga xizmat safarini amalga oshirdilar.

Xizmat safari davomidan Fargona va Andijon viloyatlarida Xitoyning “Tianye plastik” kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan tomchilatib sug'orish texnologiyalariga ilmiy xulosalar berish uchun o'rganib chiqildi, Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanidagi "Baxtiyor Nematjon  Shavkatjon" fermer xo‘jaligida  Xitoy uslubida o'rnatilgan tomchilatib sug'orish texnologiyalari ko'zdan kechirildi.

Vodiy tumanlaridagi klaster va fermer xo’jaligi ekin maydonlarida foydalanilayotgan tomchilatib sug'orish texnologiyalari mavjud xozirgi holatini o‘rganish maqsadida, kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va tumanlardagi suv xo’jaligida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan birgalikda tomchilatib sug'orish texnologiyalaridan samarali foydalanish, o’ratilgan o’lchov asboblarining nazoratini tashkil etish, mazkur texnologiyalar gidravlik hisoblari bo’yicha fikir-muloxazalar almashilinib, tavsiyalar berib o’tildi.

Universitet matbuot xizmati