TIQXMMI yangiliklari

img
19.10.2023

INNO WEEK 2023: Vengriyaning Obuda Universitetida Hungaricum Stipendium granti orqali Bakalavriatura, Magistratura va Doktoranturada taxsil olish imkoniyatlari

Barchamizga ma’lumki, 2023-yilning 17-oktabr kuni “TIQXMMI” Milliy tadiqot universitetida Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – yangi O’zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida “INNOWEEK.UZ-2023” xududiy innovatsion g‘oyalar xaftaligi o‘tkazildi. Tashkil qilingan “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – yangi O’zbekiston taraqqiyotining asosi” tadbir o’z ichiga ta’lim ko’rgazmasi va ilmiy ishlanmalar namoyishini ham qamragan bo’lib, shu kunlarda jamiyatimiz yoshlarining qiziqish va extiyojlarini inobatga olingan.

Tadbirda halqaro OTMlar vakillarining ta’lim ko’rgazmasidagi ishtiroki xorijiy ta’lim dasturlari haqida yoshlarga taklif va tavsiyalarni olishlariga zamin yaratdi. Ushbu ko’rgazmada “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetining yaqin hamkori xisoblanmish Vengriyaning Obuda Universitetida mavjud bo’lgan bakalavr, magistr va doktorantura bosqichlaridagi ta’lim dasturlari haqida tashrif buyuruvchilarga batafsil ma’lumotlar universitetimizning “Ingliz tili” kafedrasi v.b.dotsenti Go’zal Eshchanova yetkazdi.

Ayniqsa, tashrif buyuruvchilarga Obuda Universiteti Ta’lim dasturlari, Vengriya Stipendiyasi (Hungaricum Stipendium) tanlovi haqida, tanlovda ishtirok etish uchun talab qilinuvchi hujjatlar va O’zbekiston Respublikasidan tanlovda yiliga yetarli miqdorda nomzodlarni grant asosida qabul qilinishi haqida atroflicha ma’lumotlar berib, tan olingan xalqaro sertifikatlar va ularni qo’lga kiritishda o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilim-ko’nikmalar haqida ham batafsil toxtalishdi.  Ko’rgazma ishtirokchilari Vengriyaning poytaxti Budapeshtda ta’lim olishga bo’lgan qiziqishlarining mavjudligi, ko’p sonli talabgorlarning xalqaro sertifikatlari mavjudligi bu kabi yoshlarning kelajakda maqsadlari sari dadil qadam qo’yayotganlarining yaqqol namunasidir.

Eng asosiysi, Go’zal Eshchanova nomzodlarga xalqaro imtixonlarga registratsiyadan o’tish va imtixon topshirish, ingliz tilidan ko’nikmalarni yaxshilash bo’yicha universitetda bepul IELTS kursi tashkil qilinishi, Mock IELTS imkoniyatlari haqida va Hungaricum Stipendium grant tanlovi bilan bog’liq barcha hujjatlarni (Motivation letter, Recommendation Letter, CV) tayyorlashda barcha nomzodlarni qo’llab quvvatlash bo’yicha aniq rejalarga to’xtalib o’tildi. Ishonch bilan aytish mumkinki, bu kabi halqaro nufuzdagi tadbirlardagi ta’lim ko’rgazmalari va ilmiy ishlanmalar vatanimiz yoshlarini ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha innovatsion g’oyalarnini rivojlantirishga, puxta bilim olishlariga, xayotda munosib o’rin egallashiga va vatanimiz ravnaqiga o’z xissalarini qo’shishlariga yaqindan yordam beradi.